Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 132377
Gallery image 132378
Gallery image 132379
Gallery image 132380
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
27 Apr 2026
18:02

Deputat faoliyatidan

Markaziy poliklinikada korrupsiyaga qarshi o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Kamolov, komissiya a’zolari O.Xolmurodov, X.Eshmurodova hamda kotibiyat mudiri R.Magripova ishtirokida tumanning markaziy poliklinikasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi, noqonuniy to‘lovlar hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda korrupsiyaga olib keluvchi omillarni kamaytirish hamda aholiga sifatli va adolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.