Barcha yangiliklar
Sog‘lom turmush tarzi — faol va bardam hayot asosi!
Gallery image 132373
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
27 Apr 2026
17:52

Sog‘lom turmush tarzi — faol va bardam hayot asosi!

🔹Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati B. Xudoyarov tashabbusi bilan mahalla faollari hamda keksa avlod vakillari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

♟Deputatning tashabbusi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

🤝 Deputat B. Xudoyarov ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar keksa avlod vakillarining faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, mahallada hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

💪Deputat tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.