Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi  3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Gallery image 132343
Gallery image 132344
Gallery image 132345
Gallery image 132346
Gallery image 132347
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
27 Apr 2026
17:24

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Abdullayev tumandagi 3-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan savollariga javob berildi. Xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va to‘garaklar faoliyatini yanada
rivojlantirish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallash masalalari muhokama qilindi.
Deputat E.Abdullayev o‘z so‘zida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, yuksak maqsadlar sari intilish va Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har bir yoshning burchi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish doimo e’tibor markazida bo‘lishi qayd etildi.