Barcha yangiliklar
Sogʻlom ona – sogʻlom bola. Lutfiy mahallasida tuman Kengashi deputati R.R. Xidiyatulina tashabbusi bilan yosh oilalar bilan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Gallery image 132305
Gallery image 132306
Gallery image 132307
Gallery image 132308
Gallery image 132309
Gallery image 132310
Gallery image 132311
Gallery image 132312
Gallery image 132313
Gallery image 132314
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
27 Apr 2026
16:57

Sogʻlom ona – sogʻlom bola. Lutfiy mahallasida tuman Kengashi deputati R.R. Xidiyatulina tashabbusi bilan yosh oilalar bilan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

📣▶️Joriy yilning 27-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 49.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Lutfiy mahallasida “Sogʻlom ona – sogʻlom bola” shiori ostida yosh oilalar ishtirokida keng qamrovli tushuntirish va targʻibot tadbiri tashkil etildi.

📌❌Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi, oila farovonligi hamda jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zarari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida zararli illatlarning oldini olish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda sogʻlom muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📣Mazkur tadbirda tuman kengashi deputati R.R. Xidiyatulina, MFY shifokori, patronaj hamshiralar hamda mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari faol ishtirok etib, oʻzlarining tavsiya va maslahatlarini berdilar. Tadbirkorlar va yosh oilalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.