Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 132217
Gallery image 132218
Gallery image 132219
Gallery image 132220
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
22 Apr 2026
16:26

Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova tomonidan fuqaro murojaatini o‘rganish maqsadida mas’ul mutasaddilar bilan birgalikda joyiga chiqildi.

Dastlab Yangihayot mahallasining mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, kelib tushgan murojaat atroflicha muhokama qilindi. Shundan so‘ng, mas’ullar bilan birgalikda fuqaroning yashash xonadoniga borilib, holat joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Madad” NNT Zarbdor tuman xodimi hamda Yoshlar maslahati guruhi sardori D.Tursunov ishtirok etib, fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Unda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, fuqaroning huquq va imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi hamda masala nazoratga olindi.