Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
Gallery image 132167
Gallery image 132168
Gallery image 132169
Gallery image 132170
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
17 Apr 2026
16:05

Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Z.Mullajonov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

💧 Mazkur murojaat asosida Taraqqiyot mahallasining Baxmal va Ishonch ko‘chalarida aniqlangan suv quvuri nosozligi bartaraf etilib, sizib chiqayotgan suv to‘xtatildi hamda hudud tartibga keltirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar bartaraf etilib, sanitariya-gigiyena holati yaxshilandi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, muammo qisqa muddatda ijobiy yechim topgani ta’kidlanadi.