Barcha yangiliklar
Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 132158
Gallery image 132159
Gallery image 132160
Gallery image 132161
Gallery image 132162
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
27 Apr 2026
15:56

Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Kurbonov Baxtiyor Gabbaraliyevich "Mustaqillik" MFY raisi D.Suyunova hamda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanovlar hamkorligida 7-maktabga tashrif buyurib, yoshlar tarbiyasi va ma’naviy ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganishda muassasa direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari G.Xo‘jamqulova faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tuman Kengashi deputati B.Kurbanov o‘rinbosar tomonidan maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi “Yo‘l xaritasi” ijrosi va “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlarning sifatini tahlil qildi.

Shuningdek, maktabda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda deputat tomonidan mas’ul o‘rinbosar G.Xo‘jamqulovaga tarbiyaviy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish va yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.