Barcha yangiliklar
DEPUTAT FAOLIYATI
Gallery image 132043
Gallery image 132044
Gallery image 132045
Gallery image 132046
Gallery image 132047
Gallery image 132048
Gallery image 132049
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Apr 2026
12:02

DEPUTAT FAOLIYATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 2-Qurama saylov okrugidan saylangan deputat Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna tomonidan “Obod turmush” mahallasida mahalla yettiligi hamkorligida aholining bandligini ta’minlash hamda pilla yetishtirish holatini o‘rganish yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida aholi bandligi darajasi, mavjud ish o‘rinlari, pilla yetishtirishga jalb etilgan xonadonlar faoliyati hamda bu boradagi muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, sohani rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va bandlikni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish natijalari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan choralar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati