Barcha yangiliklar







MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
24 Apr 2026
10:18
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8891) bo‘lib o‘tdi.
💬Kun tartibiga muvofiq, shahar prokurori o‘rinbosari K.Xazratqulovning axboroti tinglandi.
🔅Deputatlar tomonidan ayrim mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, shuningdek murojaatlarni manzilli hal etish yuzasidan qator masalalar ko‘tarildi.
✔️Ta’kidlanganidek, shahar xavfsizligini ta’minlashda nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki keng jamoatchilik ishtiroki va nazorati ham muhim ahamiyatga ega.
📌Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mazkur masala yuzasidan qaror loyihasi tayyorlanib, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilandi.