Barcha yangiliklar
#jarayon
Gallery image 131922
Gallery image 131923
Gallery image 131924
SIDIKOVA SHAXNOZA BAXTIYOR QIZI
22 Apr 2026
00:00

#jarayon

#jarayon

Tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi

📍Tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Moliya bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda tuman Kengashining tegishli qarori ijrosi o‘rganildi.

📖O‘rganish jarayonida qarorda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va mavjud muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida muhokama o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌Qaror ijrosini ta’minlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!