Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 131913
Gallery image 131914
SIDIKOVA SHAXNOZA BAXTIYOR QIZI
21 Apr 2026
00:00

#deputatlik_faoliyati

#jarayon 

#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Dushayeva tomonidan Tinchlik MFY hududida istiqomat qiluvchi nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi.

📌O‘rganish jarayonida fuqarolarga ajratilgan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordamlar, tibbiy xizmatlar hamda boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanish darajasi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, nogironligi mavjud shaxslarning kundalik ehtiyojlari, yashash sharoitlari hamda ularga yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.

📖Deputat tomonidan ushbu toifadagi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Ayrim hollarda imtiyozlardan foydalanishda uchrayotgan kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.

🖋Shu bilan birga, nogironligi mavjud shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!