Barcha yangiliklar
Deputatlar mahallabay ishlash tizimini o‘rganmoqda
Gallery image 131629
Gallery image 131630
Gallery image 131631
Gallery image 131632
Gallery image 131633
Gallery image 131634
Gallery image 131635
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Apr 2026
13:03

Deputatlar mahallabay ishlash tizimini o‘rganmoqda

Deputatlar mahallabay ishlash tizimini o‘rganmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda deputatlar G.Turdiyeva va A.Abdullayevlar ishtirokida hududlardagi muammolarni bartaraf etish va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

Hokim yordamchilari faoliyati: "Istiqlol" va "Quyoshli yurt" mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi tahlil qilindi.

Kambag‘allikni qisqartirish: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi loyihalar ko‘zdan kechirildi.

Muammolar tahlili: Hududdagi infratuzilma va ijtimoiy masalalar yuzasidan aholi fikri o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.

Xalq vakillarining bunday o‘rganishlari mahallalarda islohotlarning "pastga" tushishi va fuqarolar farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.