Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 131565
ERKINOVA GULRUH SANJAR QIZI
25 Apr 2026
11:11

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Rustam Abdullaev o‘z saylov okrugi hududidagi “Ovjasoy” MFYda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.