Barcha yangiliklar
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 131404
Gallery image 131405
Gallery image 131406
Gallery image 131407
Gallery image 131408
Gallery image 131409
Gallery image 131410
Gallery image 131411
MELIQO‘ZIYEV SARVARJON SOXIBJONOVICH
24 Apr 2026
17:53

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida dastlabki tarzda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

tumanda 2026-yilning o‘tgan birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga amal qilinishining ahvoli haqida;

2026-yilning o‘tgan birinchi choragida tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi holati to‘g‘risida;

tumanda 2026-yilning o‘tgan birinchi choragi davomida tumandagi tashkilotlar rahbarlarining faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida.

So‘ngra komissiya hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, shuningdek “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi xodimi (R.Alijonov) ushbu masalalar yuzasidan o‘zlarining zarur taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilab olindi hamda doimiy komissiyaning har bir masala yuzasidan tegishli qarorlari tasdiqlandi.