Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 131020
Gallery image 131021
Gallery image 131022
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
24 Apr 2026
15:35

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Obod MFYda tuman kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashish markazi rahbari M.Fozilov, mahalla raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Jarayonda mahalladagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, aholi bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Mahalla aholisining turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.