Barcha yangiliklar
Chinoz tumani."Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o'rganildi.
Gallery image 130929
Gallery image 130930
Gallery image 130931
Gallery image 130932
Gallery image 130933
Gallery image 130934
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
23 Apr 2026
00:00

Chinoz tumani."Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o'rganildi.

"Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o'rganildi.

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Ra’no Fozilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Ulug‘bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish maqsadida Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish jarayonida mazkur qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya raisi R.Fozilova tomonidan savolnoma tashkil etilib, bo‘lim rahbari bilan savolnomaga asosan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, Chinoz tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli mas’ul xodimlarga vazifalar biriktirilib, ular tomonidan berilgan javoblar tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha doimiy komissiya raisi nomiga yozma ravishda hisobot taqdim etilishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Mazkur masala doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi belgilandi.