Barcha yangiliklar
Konimex tumani Yangiqazg‘on OFY Yangiqazg‘on ovulida “Chilla — iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbiri
Gallery image 14002
ACHILOV UMIRZAK URAZBAYEVICH
18 Iyul 2024
17:37

Konimex tumani Yangiqazg‘on OFY Yangiqazg‘on ovulida “Chilla — iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbiri

Konimex tumani Yangiqazg‘on OFY Yangiqazg‘on ovulida “Chilla — iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbiriga start berildi. Tadbirni tuman Kengashi raisi Ruslan Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda tuman Kengashi raisi tashabbusi bilan aholi uchun dasturxon yozilib, konsert dasturi tashkil etildi. Shuningdek, tadbir davomida rasmlar tanlovi, sport musobaqalari, kitoblar hamda milliy urf-odatlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. 

Tadbirda aholiga osh tortilib, tuman Madaniyat bo'limi хodimlari va xonandalari  tomonidan ijro etilgan kuy - qo'shiqlar konsert dasturiga yig'ilgan  aholi vakillariga birday manzur bo'ldi.