Barcha yangiliklar
TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
Gallery image 130807
Gallery image 130808
Gallery image 130809
Gallery image 130810
Gallery image 130811
Gallery image 130812
Gallery image 130813
Gallery image 130814
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
23 Apr 2026
12:48

TURVAT MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputatlari R.Matqulov va D.Jo‘rayevalar tomonidan Turvat mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ajratilgan 10 million so‘m imtiyozli kredit asosida fuqaro tomonidan yo‘lga qo‘yilgan qo‘ziqorinchilik faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ushbu tashabbus aholining daromadini oshirish, bandligini ta’minlash va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kredit ajratish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.