Barcha yangiliklar
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Gallery image 130784
Gallery image 130785
Gallery image 130786
Gallery image 130787
Gallery image 130788
Gallery image 130789
Gallery image 130790
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
23 Apr 2026
12:38

Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi, 2-“Qo‘shqo‘rg‘on” okrugidan saylangan deputat O.Babayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 – 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan tumanning “Xo‘jaobod” mahallasidagi 1170 o‘rinli 30-sonli umumta’lim maktabida 16,3 mlrd. so‘m respublika budjeti mablag‘lari hisobidan olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayev ishtirokida o‘rgandi.

🔷O‘rganish davomida "Zomin Sifat" MChJ pudratchi tashkilot tomonidan maktabning bir qismida deraza va eshiklarni yangilash, devorlarni energiya tejamkor qilib ta’mirlash, issiqlik tizimini qayta qurish, tom qismini yangilash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi. 

🔷O‘rganish davomida maktab ma’muriyati, pudratchi tashkilot va mutasaddi mas’ullar ishtirokida amaliy muloqot o‘tkazilib, ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, ta’lim jarayoniga noqulayliklar keltirmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

🔷Deputat tomonidan bunday o‘rganishlar davom ettirilishi, aholi va yoshlar uchun munosib ta’lim shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar ustidan doimiy nazorat ta’minlanishi ta’kidlandi.