Barcha yangiliklar
Oilaviy poliklinika holati va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
Gallery image 130772
Gallery image 130773
Gallery image 130774
Gallery image 130775
Gallery image 130776
Gallery image 130777
Gallery image 130778
Gallery image 130779
Gallery image 130780
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
23 Apr 2026
12:36

Oilaviy poliklinika holati va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan “Barraj” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyati kotibiyat mudiri J. Sadirov ishtirokida o‘rganildi.

🔷Tadbir davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qabul jarayonlarining tashkil etilishi, navbatlar tizimi, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda dori-darmonlar mavjudligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔷Shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasi, bemorlar bilan muomala madaniyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga аlohida e’tibor qaratildi.

🔷O‘rganish davomida ayrim kamchiliklar, xususan, oilaviy poliklinikaning ayrim xonalarini va tashqi fasad qismini joriy ta’mirlash, poliklinikaning eski binosini buzib tashlash bo‘yicha masalalar qayd etildi.

🔷O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholi uchun qulay va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasiga tegishli tavsiyalar berilishi hamda mazkur masalalar ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.