Barcha yangiliklar
YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI
Gallery image 130716
Gallery image 130717
Gallery image 130718
Gallery image 130719
Gallery image 130720
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
22 Apr 2026
11:43

YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH VA TOMORQA YERLARIDAN FOYDALANISH KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati R.Matqulov tomonidan Xonariq mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan aholining bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, mahallada olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy loyihalar, aholining ehtiyojlari hamda istiqbolli rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligidagi eksportbop karam mahsuloti yetishtirish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Fermer xo‘jaligi rahbariga bozor talabini hisobga olgan holda eksport jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.