Barcha yangiliklar
Goʻzalkentda "Milliy libos maʼnaviyat koʻzgusi" TADBIRLARi davom etmoqda
Gallery image 13989
Gallery image 13990
Gallery image 13991
Gallery image 13992
ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
17 Iyul 2024
17:09

Goʻzalkentda "Milliy libos maʼnaviyat koʻzgusi" TADBIRLARi davom etmoqda

Bugun "Goʻzalkent" mahalla fuqarolar yig‘inida hudud otinoyisi Ashura ona va mahalla xotin-qizlar faoli Ch.Xasanovalarning tashabbusi bilan faol onaxonlar xonadonidan birida "Milliy libos maʼnaviyat koʻzgusi" mavzusida navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirlarning faol va koʻrkam xonadonlarda tashkil etilayotganligi oʻziga xos mazmun va ibrat namunasini kashf etmoqda.

Tadbirda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengash kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman bosh otinoyi Sh.Hakimova mahalla faollari ishtirok etdilar. Mahalla ayollari tadbirda faol qatnashdilar.Tadbir koʻtarinki va ijodiy kayfiyatda oʻtdi. Sahnada Milliy kuy-qo'shiqlar, allalar, vatan tinchligi, farovon hayot uchun shukronalik izhorlari yangradi.