Barcha yangiliklar
BALIQCHILIK VA CHORVACHILIK LOYIHALARI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA
Gallery image 130679
Gallery image 130680
Gallery image 130681
Gallery image 130682
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
22 Apr 2026
11:11

BALIQCHILIK VA CHORVACHILIK LOYIHALARI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati U.Mirzaumarovning “10-Tog‘liq” saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ajratilgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning maqsadli hamda samarali ishlatilishi, ularning aholining daromad manbalarini oshirishdagi o‘rni, xonadonlarda tashkil etilgan baliqchilik va chorvachilik komplekslari o‘rganildi.

Uchrashuv yakunida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda hokim yordamchisi faoliyatining natijadorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.