Barcha yangiliklar
Murojaat joyida o‘rganildi:
Gallery image 130651
Gallery image 130652
Gallery image 130653
Gallery image 130654
Gallery image 130655
Gallery image 130656
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
24 Apr 2026
11:05

Murojaat joyida o‘rganildi:

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari A.Tadjibayev va A.Xudayqulov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ashirmatovlar, “Shalola” “mahalla ettiligi” ishtirokida, aholi tomonidan bildirilgan chiqindilar bilan bog‘liq murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish tizimining amaldagi ahvoli hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya holatini yaxshilash hamda mazkur yo‘nalishda mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi deputatlar tomonidan nazoratiga olinib bartaraf qilish choralari ko‘rildi.

Deputatlar “Mahalla ettiligiga” aholi o‘rtasida chiqindilarni mahsus belgilangan joyga olib borib tashlash yuzasidan targ’ibot ishlarini kuchaytirish tavsiyasi berildi.