Barcha yangiliklar
22-Mexrjon okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich tomonidan joriy oy sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan okrug hududiga chiqib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 130537
Gallery image 130538
Gallery image 130539
Gallery image 130540
Gallery image 130541
Gallery image 130542
Gallery image 130543
Gallery image 130544
Gallery image 130545
Gallery image 130546
Gallery image 130547
Gallery image 130548
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
24 Apr 2026
09:36

22-Mexrjon okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich tomonidan joriy oy sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan okrug hududiga chiqib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida 77-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Xususan, muassasaning pol qismini ta’mirlash, yerto‘la qismidagi suv quvurlarini to‘liq almashtirish, ichki pardozlash ishlarini qisman yangilash hamda foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan eshik va romlarni to‘liq almashtirish zarurligi aniqlandi.

Mazkur o‘rganishlar doirasida 477-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham xuddi shunday muammolar mavjudligi qayd etildi. 

Jumladan, pol qoplamasini ta’mirlash, yerto‘ladagi suv quvurlarini to‘liq yangilash, ichki pardozlash ishlarini amalga oshirish hamda eskirgan eshik va romlarni to‘liq almashtirish muhim va dolzarb masala ekanligi belgilandi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ta’lim muassasalarida zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mazkur masalalarni sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda