Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 130490
Gallery image 130491
Gallery image 130492
Gallery image 130493
Gallery image 130494
Gallery image 130495
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
24 Apr 2026
09:07

Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati majlislar zalida shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔻Yig‘ilish kun tartibida:

🔸1. Jizzax shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha shahar prokurorining axboroti to‘g‘risida..

🔸2. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2026 yilning 1-choragi davomida Jizzax shahrini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.