Barcha yangiliklar
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
Gallery image 130399
Gallery image 130400
Gallery image 130401
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
23 Apr 2026
20:39

“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi

⏺Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlarda ko‘p qavatli uy-joy fondining texnik holati va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifati ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

💬 Jumladan:

✔️ Uylarning kirish yo‘laklari (pod’yezdlar) va yerto‘lalarining texnik holati;

✔️ Bolalar maydonchalarining xavfsizligi va jihozlarning sozligi;

✔️Uy atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirilganlik darajasi;

✔️Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar sifati.

🫥O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilanib olindi. 

📌Maqsad — aholining munosib yashash sharoitlarini ta’minlash va mavjud muammolarni tizimli hal etishdir.