Barcha yangiliklar
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
Gallery image 130330
Gallery image 130331
Gallery image 130332
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
23 Apr 2026
18:59

MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich o‘zi saylangan okrugidagi “Bo‘rsiliq” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar,amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.