Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 130083
Gallery image 130084
Gallery image 130085
Gallery image 130086
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
23 Apr 2026
16:35

Deputat faoliyatidan

2026 yil 1-chorak yakunlari muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi

Bugun Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi raisi Eshonqulov Eldor O‘ktamovich, kotibiyat mudiri Magripova Ruzigul Toshniyazovna hamda xodimlar ishtirokida 2026 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida erishilgan natijalar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi. Shuningdek, joriy yilning 2-choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.