Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
Gallery image 129980
Gallery image 129981
Gallery image 129982
Gallery image 129983
Gallery image 129984
Gallery image 129985
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
23 Apr 2026
15:41

FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI

FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI

Navoiy shahar "Muruvvat" MFY aholisi tomonidan tushgan murojaatlarga yechim topish maqsadida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gapparov Xusniddin Shaxritdinovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Toyirovlar joylarga chiqib muammolarni o‘rganishdi.

Mazkur murojaatlarning asosiy qismi yo‘l qurilishi sahosida bo‘lganligi sababli deputat hamda bosh mutaxassis tomonidan ushbu murojaat kelib tushgan hudud ko‘zdan kechirildi.

Mazkur murojaatda fuqarolar G‘alaba shox ko‘chasi 89,91,93-uylarni bog‘lab turuvchi yo‘l tamirtalab holatga kelib qolgani hamda ushbu yo‘l havo issiq bo‘ladigan kunlari chang-to‘zon bo‘lib ketishini aytishgan.

Ushbu yo‘lni tamirlash masalasida tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborilishi haqida saylovchilarga tushuntirishlar berildi.