Barcha yangiliklar



RAXMATOVA FIRUZA NOZIMOVNA
17 Iyul 2024
13:03
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
Joriy yilning 17-iyul kuni Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda tuman Adliya taqdimnomasiga asosan Kogon tuman hokimi qarorlarini bekor qilish masalasi muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishda deputatlardan Sharipova Mamlakat, Mubinova Madina, Otaboyeva Ma’rifat, Rajabov Qaxramonlar ishtirok etdi. Kun tartibida ko‘tarilgan masala yuzasidan doimiy komissiya a’zolari o‘z fikrlarini bildirishdi.