Barcha yangiliklar
Chiqindilar muammosi deputat nazoratida
Gallery image 129832
Gallery image 129833
Gallery image 129834
Gallery image 129835
Gallery image 129836
Gallery image 129837
Gallery image 129838
Gallery image 129839
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
23 Apr 2026
14:33

Chiqindilar muammosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovnaga o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan chiqindi yig‘ish maydoni atrofiga qurilish materiallari hamda maishiy chiqindilar uzoq vaqt davomida to‘planib qolganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

️ Mazkur murojaat asosida deputat tomonidan hududga chiqilib, holat joyida o‘rganildi. Muammoni bartaraf etish maqsadida tuman maxsustrans korxonasining mas’ul xodimi jalb etilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Qurilish materiallari esa mahalla idorasi old hovlisiga yotqizilishi ma’lum bo‘ldi.

️ Hozirda mazkur masala deputat nazoratiga olinib, hududda tozalikni ta’minlash hamda bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 26-avgust 2015-yildagi O‘RQ-393-sonli “Aholi punktlarini sanitariya jihatidan tozalash to‘g‘risida”gi Qonunga asosan chiqindilarni belgilangan joylarda saqlash, o‘z vaqtida olib chiqish hamda atrof-muhitni ifloslantirmaslik majburiy hisoblanadi.