Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 129818
Gallery image 129819
Gallery image 129820
Gallery image 129821
Gallery image 129822
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
23 Apr 2026
13:30

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌 Deputat xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

👩‍👩‍👧 Uchrashuv davomida deputat xotin-qizlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratdi.

🩺 Xususan, “Erta turmush — erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari”, “Reproduktiv salomatlikni asrash”, “Qaynona va kelin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik” kabi mavzularda batafsil tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

💬 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisona va batafsil javoblar oldilar.

📈 Mazkur uchrashuv xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oilaviy muhitni mustahkamlash hamda ijtimoiy muammolarni oldini olishga xizmat qiladi.

🤝 Bu kabi uchrashuvlar aholining huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.