Barcha yangiliklar
#tavsiyalar_asosida
Gallery image 129786
Gallery image 129787
Gallery image 129788
Gallery image 129789
Gallery image 129790
Gallery image 129791
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
23 Apr 2026
12:34

#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar kengashi deputatlari Sh. Mavlonov va A. Ergashev, shuningdek kengash kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar 8-son umumta’lim maktabida bo‘lib, sport zalining holati hamda undagi sport anjomlarini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish jarayonida sport zalining umumiy holati, mavjud jihozlarning yaroqliligi, ularning zamonaviy talablarga mosligi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayrim anjomlarning eskirgani, yangilash va qo‘shimcha jihozlar bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarning sportga qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sport infratuzilmasining o‘rni alohida ta’kidlandi. 

Mutasaddi tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinishi bildirildi. 

Yoshlar sog‘lom bo‘lsa — jamiyat mustahkam bo‘ladi!

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)