Barcha yangiliklar
Mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 129753
Gallery image 129754
Gallery image 129755
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
23 Apr 2026
12:25

Mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining 7-okrug deputati F.Bazarbayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari G.Aripovalar va A.Ashirmatovlar tomonidan “Xaydarobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar, aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi faoliyat, shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda mahalla institutining rolini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.