Barcha yangiliklar
DEPUTAT TARG‘IBOTI
Gallery image 129616
Gallery image 129617
Gallery image 129618
Gallery image 129619
Gallery image 129620
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
23 Apr 2026
11:42

DEPUTAT TARG‘IBOTI

Mazkur tadbir doirasida mahalla nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni obodonlashtirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarni ijtimoiy faollikka jalb etish, mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputat tomonidan bevosita ko‘zdan kechirilib, ularning sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan tegishli nazorat olib borildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati