Barcha yangiliklar
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Gallery image 129572
Gallery image 129573
Gallery image 129574
Gallery image 129575
Gallery image 129576
Gallery image 129577
Gallery image 129578
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
23 Apr 2026
11:29

Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Mamanova Karomat hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sarabekova Ezoza 9-umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning kelajakdagi rejalari, kasb tanlash, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari hamda bandlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, zarur tavsiyalar bilan ta’minlandi.

Shuningdek, ularga bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlarni yanada faol va maqsad sari intiluvchan bo‘lishga undadi.