Barcha yangiliklar
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 129503
Gallery image 129504
Gallery image 129505
Gallery image 129506
Gallery image 129507
Gallery image 129508
Gallery image 129509
Gallery image 129510
Gallery image 129511
Gallery image 129512
Gallery image 129513
Gallery image 129514
Gallery image 129515
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
23 Apr 2026
11:13

SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA

Vobkent tumanida 2026-yil ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha shakllantirilgan dastlabki manzilli roʻyxat shakllantirildi. Bunda, loyihaviy quvvati boʻyicha yoʻlning harakat uzunligi 24 330,0 metr, yoʻlning taʼmirlanishi belgilangan qismining hajmi 87 385,0 metr2.

Jami kapital qoʻyilmalar 4,4 mlrd.so'm. 

Qurilish- montaj ishlarining umumiy qiymati 4,2 mlrd.soʻm.

Shu jumladan:

-Asfalt-beton qoplamali yoʻlni qisman (paydo boʻlgan chuqurcha va yoʻl buzilishlarni kartasimon usulda joriy) taʼmirlash 1,8 mlrd.soʻm.

-Tuproq yoʻllarni shagʻallashtirish 2,4 mlrd.soʻm.

-Boshqa xarajatlar 127,9 mln.soʻmni tashkil etadi.

 Shuningdek, joylarda manzili dasturga kiritilshi belgilangan ichki yoʻllar holati tekshirildi.

 Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda masala deputatlar nazoratiga olindi.