Barcha yangiliklar





NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
23 Apr 2026
11:12
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TOʼGʼRISIDAGI QONUN TARGʼIB QILINDI
📖 Tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida”gi Qonuni (№OʼRQ-406, 2016-yil 14-sentabr) mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.
👩🎓 Uchrashuv ishtirokchilariga:
•yoshlarning huquq va manfaatlari,
•ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaratilgan imkoniyatlar,
•taʼlim, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
💬 Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda qonun doirasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlandi.
✅ Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda ularning taklif va mulohazalari tinglandi.