Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi
Gallery image 129467
Gallery image 129468
Gallery image 129469
Gallery image 129470
Gallery image 129471
Gallery image 129472
Gallery image 129473
Gallery image 129474
Gallery image 129475
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
17 Apr 2026
10:41

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi

Bugun 17-aprel kuni Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiya ishida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari, kengash kotibiyati va aloqador korxona-tashkilot rahbarlari qatnashdi. Ushbu sessiyaga Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Xusniddin Ernafasov raislik qildi. Sessiya kun tartibida 6 ta asosiy va 5 ta qo'shimcha masala koʻrib chiqildi. Xususan: 1. 2026-yilning I choragi davomida shaharda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish to‘g‘risida; 2. 2026-yilning I choragi davomida shaharda huquqbuzarliklarning
oldini olish va ularning profilaktikasi borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida;
3. Shahar mahalliy byudjeti ijrosi, mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida; 4. Shahar mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, soliq qarzdorligi to‘g‘risida. Yuqoridagi masalalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.