Barcha yangiliklar
Yunusobod tumani Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 129401
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
23 Apr 2026
10:15

Yunusobod tumani Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

Yunusobod tumani Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Yunusobod tumani Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy jihozlardan foydalanish holati, dori-darmon ta’minoti, shuningdek, sohaga oid mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot davomida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholining murojaatlari bilan ishlash holati hamda tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram