Barcha yangiliklar
MAHALLA UYG‘ONDI YOKI....
Gallery image 129398
Gallery image 129399
Gallery image 129400
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
21 Apr 2026
00:00

MAHALLA UYG‘ONDI YOKI....

Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat Q.Bobojonov yil boshida Parchayuz mahallasidagi uchrashuvda mahalla “yettiligi”ni aholining imkoniyat va kuchidan foydalanilmayotganligi, odamlarda boqimondalik kuchayib borayotganligini tanqid etgandi. Deputat tanqidi “yettilik”ni va mahallani uyg‘otdi.

Bir oydan buyon mahallaning ko‘chalarida katta hasharlar tashkil qilinib shu kunga qadar  Ma’rifat, Tinchlik ko‘chalarida 1300 metr piyodalar yo‘lagi hashar yo‘li bilan bunyod etildi. Aholi o‘zlariga o‘zlari qulaylik yaratdilar.Hashar odamlarni birlashtirdi, uyushtirdi, yangi rejalar sari yetakladi.

Parchayuzliklar 2026 yil 2-mavsumda “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lishni niyat qilganlar.