Barcha yangiliklar
Yangi hayot mahallasida aholi murojaatlari asosida muammolar o‘rganildi
Gallery image 129282
Gallery image 129283
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
23 Apr 2026
09:12

Yangi hayot mahallasida aholi murojaatlari asosida muammolar o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V. Xasanov tomonidan Yangi hayot mahallasida aholi murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimiga oid takliflar muhokama etildi.

🔎 Jumladan, Binafsha ko‘chasida elektr uzatish simyog‘ochlarining eskirganligi, Tursunzoda ko`chasi 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yonida ichimlik suvi quvurining yorilishi natijasida suv isrof bo‘layotgani hamda bolalar maydonchasidagi jihozlarning ayrimlari yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi.

📌 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish, muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ularning ijrosini deputat nazoratiga olish belgilandi.

🤝 Mazkur o‘rganish ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.