Barcha yangiliklar
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
Gallery image 129197
Gallery image 129198
Gallery image 129199
Gallery image 129200
Gallery image 129201
Gallery image 129202
RAXMANOV ULUG‘BEK YAKUBOVICH
23 Apr 2026
04:06

Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi

 O‘rganish jarayonida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, ularning yetarliligi hamda savdo jarayonlarining holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan belgilangan narxlarning asosliligi, mahsulotlar sifati va aholiga yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan narx-navoning barqarorligini ta’minlash, asossiz oshishlarning oldini olish hamda bozor faoliyatini tartibga solish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganishlar aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.