Barcha yangiliklar
🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida
Gallery image 129012
Gallery image 129013
Gallery image 129014
Gallery image 129015
Gallery image 129016
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
22 Apr 2026
17:35

🧠 Ijtimoiy-psixologik xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari X.Ismoilov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov ishtirokida Shovot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida psixologik yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatish tizimi, mavjud shart-sharoitlar, mutaxassislar faoliyati hamda xizmatlar sifati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatchilarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamning samaradorligi, ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami ham o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur yo‘nalishda xizmatlar sifatini yanada oshirish, psixologik yordamga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.