Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 128975
Gallery image 128976
Gallery image 128977
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
22 Apr 2026
17:03

Deputat faoliyatidan

Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 13-“Mirzo Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayev Farxod Bobomurodovich tomonidan mahalladagi ichki ko‘cha yo‘llari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yo‘llarning joriy holati, mavjud muammolar hamda aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur o‘rganishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar sifatini oshirish hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.