Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 128968
Gallery image 128969
Gallery image 128970
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
22 Apr 2026
17:02

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Bir murojaat izidan

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan Andijon mahallasida ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga yuborilgan ariza va murojaatlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur mahalladan jami 7 nafar fuqaro tomonidan murojaat yo‘llangani aniqlanib, ularning 4 nafari bo‘yicha masalalarni ijobiy hal etish choralari belgilandi. Qolgan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilib, bosqichma-bosqich yechim topish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, o‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Deputat tomonidan har bir murojaat nazoratga olinib, ularni qonuniy va adolatli hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.