Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 128956
Gallery image 128957
Gallery image 128958
Gallery image 128959
Gallery image 128960
Gallery image 128961
Gallery image 128962
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
22 Apr 2026
16:58

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev, X.Ishimov va D.Egamqulovalar tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tuman hokimligidan vakil sifatida A.Xaydarov ham ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar haqida batafsil axborot berildi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.