Barcha yangiliklar
Deputat  faoliyatidan
Gallery image 128935
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
22 Apr 2026
16:40

Deputat faoliyatidan

 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova, deputat Boymurotova Nazokat tomonidan Ayronko‘l mahallasi “yettiligi” bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur jarayon doirasida MFY raisi Jamshid Ro‘zmetov bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari muhokama qilindi. Xususan, erta bahor mavsumida 0,6 gektar maydonga manzarali daraxtlar ekilgani, ularning parvarishi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.