Barcha yangiliklar
Muammoga hashar yo‘li bilan yechim izlanmoqda
Gallery image 128916
Gallery image 128917
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
22 Apr 2026
16:23

Muammoga hashar yo‘li bilan yechim izlanmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan "Po‘latchi" mahallasida aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mahallada ariqlarning o‘z vaqtida kovlanmagani sababli yomg‘ir suvlari yo‘llarga chiqib ketib, fuqarolarga noqulaylik tug‘dirmoqda.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida ariqlarni tartibga keltirish hamda ularni betonlashtirish ishlarini hashar yo‘li bilan amalga oshirish taklifi ilgari surildi. Ushbu tashabbus aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

🤝 Hamjihatlik va birdamlik orqali mahalladagi muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.